Get Mystery Box with random crypto!

Bolalar ulgʻaygan sari xulq-atvor oʻzgarishi maʼlum. Ammo qays | BAXTLI AYOLLAR AKADEMIYASI

Bolalar ulgʻaygan sari xulq-atvor oʻzgarishi maʼlum. Ammo qaysi yosh davrida xulq-atvor keskinlashishi mumkin?

Psixolog-pedagoglar har bir yosh davrlarida xulq-atvorning oʻzgarishi qayd etadilar.

Yaʼni:

10-yoshli bolalar muvozanatli hayotni tez idrok etuvchi, ishonuvchan, ota-onalariga itoatli, tashqi qiyofa haqida koʻp eʼtiborsiz boʻlganligi bois bu oltin yosh hisoblanadi.

11-yoshli bolalar organizmida qayta qurish yuz beradi, xulq-atvorida salbiy illatlarni namoyon qiladi, kayfiyati tez oʻzgaradi, ota-onalariga nisbatan norozilik bildiruvchi.

12-yoshli bolalar tez jazavaga tushuvchan, dunyoga nisbatan ijobiy munosabat shakllanadi, oʻsmirda oilasiga nisbatan avtonomlik va tengdoshlariga taʼsiri ortadi. Ularda aqllilik, hazil-mutoyibaga moyillik, chidamlilik, tashabbuskorlik, tashqi qiyofa va qarama-qarshi jinsdagilarga eʼtibori orta boshlaydi.

13-yoshli bolalarda oʻzining ichki dunyosiga eʼtiborlik, introvertlik xos boʻladiki, ular oʻzini oʻzi tanqid qilishga, va tanqidlarga nisbatan taʼsirlanuvchan, ota-onalarga tanqidiy munosabat bildiruvchi, doʻst tanlovchi boʻladi, shuningdek bu davrda toʻlqinlanish va hayojonlanish ortadi.

14-yoshli bolalarda oʻsmirlardagi introversiya ekstroversiyaga almashinadi, shijoatli, xushmuomila, oʻziga ishonch ortadi, boshqalarga eʼtibori ortadi va ular oʻrtasidagi farqni ajrata boshlaydi.

15-yoshli bolalar — bu yoshdagilar uchun mustaqillik orttadi, bu esa ularning oila va maktab bilan bogʻliq zoʻriqishlarga duchor etadi. Ularni guruhli harakat qilishga va guruhdagilarga moslashishga intilishi ortadi.

16-yoshli bolalar - oʻspirinlar hisoblanib, ularda muvozanatlashuv, hayotdan quvonish, ichki mustaqillik, emotsional barqarorlik, muomalaga moyillik, kelajakka intiluvchanlik ortadi.

Yuqorida sanab oʻtilgan holatlar yosh davrlarni xarakterli jihatlarini sharhlab oʻtdik, chunki yosh xususiyatlarining psixologik tavsifi, bolalarni xulq-atvoridagi oʻzgarishlarni baholash imkoniyatini beradi.

Aynan yuqoridagi yosh xususiyatlarini hisobga olgan olda oʻz farzandingizni tarbiyalash ancha samara beradi.

Канал линки
@baxtli_ayollar_akademiyasi

Гурух линки
@Baxtli_ayollar_akademiyasi_guruh