Get Mystery Box with random crypto!

#oʻzimga Dunyoga qochib, namozda shoshib Aylab shayton nafs s | Xushnudbek Baxtiyorivich | Shaxsiy blog

#oʻzimga

Dunyoga qochib, namozda shoshib
Aylab shayton nafs saroyi ichra mehmon.
Qilib nola, soʻylab dinu diyonatdan
Yolgʻizlikda koʻzingda yosh ayladingmi.

Gapirarsan dunyo soʻzin bezab mahliyo,
Yurarkansan jasad koʻrkin aylab mahliyo,
Oʻqirkansanda ushlab kitob koʻr koʻrona
Yolgʻizlikda koʻzingda yosh ayladingmi.

Boshda doʻppi , qoʻlda tasbeh
Dilda dunyo hamhona.
Siylab nafsing gʻurbat ichra pinhona
Yolgʻizlikda koʻzingda yosh ayladingmi.

*eslatma: shoirlikka da'voyim yoʻq, xatolar uchun uzur soʻraymiz

@baxtiyorivich_blog