Get Mystery Box with random crypto!

Psixologlar rashk qiladimi? 'Siz ham rashk qilasizmi?' deb so | AZIZA ABDUSAMATOVA️

Psixologlar rashk qiladimi?

"Siz ham rashk qilasizmi?" deb so'rashdi bir kun.

"Ha, psixolog ham odamku. Men ham har xil jarayonlarni yashab beraman" dedim.

Aslida rashk-ayol o'z ustida ishlamay qo'ygani, o'zini sevishni unutgani, hayoti markazidan chetga chiqib qolganiga signal.

Menda ham to'xtab qolganimda bo'ladi. Shunday vaqtlarda mundoq qarasam, o'z hayotimni yashamayotgan bo'laman.

Bu savol esa oxirgi rashkimni eslatib yubordi Kimdan deng? O'zimning qadrdonim, sevimligim Dee honimdan...

Bir boshdan aytib beraman.

Iyulda qirolim bilan oyijonim Istanbulga sayohatga ketishdi. Aeroportga chiqib o'zim kuzatib qo'ydim, Allohning panohiga topshirib jo'natdim. Hammasi joyida edi

Dee honim ham shu samolyotda uchganini, aynan "menikilar" joylashgan mehmonxonaga joylashganini bildim. Oyijonimlar bilan bir-birlarini tanishadi. Birga nonushtalar qilishlarini ko'ryapman. Haliyam hammasi joyida

Ikki kunlardan keyin Deening storizlarida turmush o'rtog'imni ko'ra boshladimu, ichimdagi ajdarxo uyg'onib ketti Kadr qo'yishni o'rgatayotgan erim bilan bir stolda sakkizoyoq yeyishyapti. Men esa hali sakkizoyoq yeb ko'rmaganman...

Ana endi hammasi joyida emasdi

Ko'ryapman, "душевный" davra. Hech ortiqcha so'z ham, harakat ham yo'q. Oyijonim ham o'sha stoldalar, ularni olib yurgan gid yigit ham. Qirolim xatto tanalari bilan yopilib o'tiribtilar (tana tilini yaxshi tushunaman) LEKIN MENI BULAR BILAN NIMA ISHIM BOR

ISHIM BO'LAYOTGANI ERIM DEE HONIM BILAN SAKKIZOYOQ YEYAPTILAR

Uyg'ongan g'azab impulsida bor tillalarimni sotvorib, shartta bir o'zim Istanbulga ketvorishimga sal qoldi.

Qarasam, buzyapman. Ichimdagi ajdarxoimning kattagina quvvatini buzishga sarflayapman...

Angladimu, yo'nalishni o'zgartirdim. Ajdarga tegmadim, uning yovvoyi qudratiga ham. Uni hurmat qilgan holda, buzishgamas qurishga yo'naltirvordim.

Bu energiya kuchi bilan bitmayotgan qancha ishim bitib ketti

Hayotim markaziga o'zim turib, o'zim bilan band bo'lib ketganimdan keyin esimdan ham chiqibti.

Hozir kulib esladim. Bu haqda Dee honim bilan kulishib bir gaplashaman degandim

P/s: sakkizoyoq yemayman endi degan qaysar erkalik o'z kuchida lekin