Get Mystery Box with random crypto!

Rahmat senga 2022 seni bugun kuzatmoqdaman va o'tgan 12 oyga n | 🕊"БАХТ СИРИ" 🕊 психологик маркази

Rahmat senga 2022 seni bugun kuzatmoqdaman va o'tgan 12 oyga nazar soldim. Eheee qancha go'zal va chiroyli kunlarni berding. 2022 yilni qanday nomlashni ham bilaman, men yana 1 yoshga ulg'aydim, pasportda ham fiziologik va psixologik yoshimda ham. Bergan darslaring uchun senga katta rahmat deyman, hech bir maktab hayot maktabidagi bilimlarni berolmagani kabi hech bir yil insonni o'stirmay va ulg'aytirmay qo'ymas ekan. Bugun ko'p o'yladim, atrofimga qaradim, kimlar meni yonimda xozir ? Kim men bilan qoldiyu kim meni tark etib o'z yo'lida davom etdi, kim pasga qarab ketti va yana kimdir esa rivojlandi. Ko'p oilalar barpo etildi, 1000 lab oilalar ayrildi, bu yil o'zining qattiq qishi bilan sinadi insonlarni, ko'p oilalar ochlikdan, sovuqdan, gaz issidan ozor ko'rdilar. Qishning sovug'i kasal bo'lgan jajji bolajonlarni ham ayamadi, issiq yurakchalari sovuq qabrni quchoqladi, dorilarsiz kasallarsiz bo'lgan jannatga ketishdi, onajonlarga esa kuchli sabrli bo'lishni o'rgatib kettilar. Inson qadrini ulug'lash yili bizga katta darslar berdi. 10 lab baxtiyor kunlarimiz bo'ldi, 100 lab hayrli ishlarimiz bo'ldi. 1000 lab balki gunohlarimiz bo'ldi. Rumiy aytganidek ur, oyog'ingni sindir, qo'lingni sindir lekin ko'ngil sindirma degan so'zga amal qilishni o'rgandik. 2023 yilni kutib olar ekanman hulosalarim meni yaxshi inson bo'lishga yana bir qadam tashlashga kuch berdi. Allohimga yaqin bo'lib, ilmimni ziyoda qilishini, bu ilmdan oilam, farzandlarim, va atrofimga yaxshilik olib kelishni so'rayman. 2023 yilda Allohimdan so'raydiganlarim ko'p, bunga erishish uchun xarakat mendan ekanini ham bilaman. Yaqinlarim duolari bilan yangi yilni kutib olishga tayyorman. Ortga nazar solganda achinmaslik va afsuslanmaslik uchun to'g'ri qarorlar va xarakatlar qilishga xarakat qilaman. Allohim sendan umidim katta, 2023 yil go'zal va barakali bo'lishi Senga bog'liq, taqdirimning 30 chi bahori hayrli kelsin..."Ulg'ayish yilim" deya nom berdim 2022 yilimga.

Sizchi ? Yilingiz sizga nimalar berdi unga qanday nom berdingiz
?

https://t.me/Baxt_siri_psy