Get Mystery Box with random crypto!

Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent fili | Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar unversiteti Toshkent filiali direktor rasmiy kanal

Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filialida talabalar uchun “Mustaqillik darsi” tashkil etildi. Ma'lumki, barcha oliy ta'lim muassasalarida yangi 2021-2022 o'quv yili “Mustaqillik darsi” bilan boshlandi.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Jabborov Shuxrat Abdumajidovich, qo'mitaning “Innovatsion faoliyat, fan va ta'lim sohasini rivojlantirish boshqarmasi” boshlig'i Tursagatov Jaxongir Mamatovichlar hamkorligida Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filiali talabalari uchun “Mustaqillik darsi” tashkil etildi.
Mazkur darsda filial direktori B.Madartov, direktor o'rinbosari G'.Mengliyev va professor-o'qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.
“Mustaqillik darsi”ni filial direktori B.Madartov kirish so'zi bilan ochib berdi.
Bevosita muloqot davomida qo'mita raisi o'rinbosari Jabborov Shuxrat Abdumajidovich so'nggi yillarda yurtimizda amalga oshirilgan islohotlar, veterinariyada erishilgan yutuqlar haqida batafsil ma'lumot berib o'tdi. Ochiq dars qizg'in savollarga boy bo'ldi hamda talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Toshkent filiali direktori rasmiy kanali

https://www.facebook.com/BaxromKuvandikovichMadartov
https://www.instagram.com/baxrom_kuvandikovich