Get Mystery Box with random crypto!

James Clear oʻzining Atomic Habits kitobida, “1% better every | Baxmalliklar jamiyati 🍎

James Clear oʻzining Atomic Habits kitobida, “1% better every day” prinsipi haqida ma’lumot beradi. Gʻoyaning mazmuni, har bir bajariladigan ish, har kuni 1% yaxshiroq bajarilsa, yil davomida, 37% yaxshi natijaga erishish mumkin.

Masalan, har kuni kitob oʻqish, oʻqishni odat tarziga aylantiradi. Har kuni yugurish natijasida, yugurishni hayot tarzi sifatida shakllantirish mumkin. Har kuni oz-ozdan pul tejash, tejamkorlikni shakllantiradi.

Odatda, biz oʻz oldimizga maqsad qoʻyganimizda, katta qadamlar bilan maqsadga tez erishishni xohlaymiz va shunday boʻlishini kutamiz. Aslida esa, maqsadga olib boruvchi yoʻldan har kuni oz-ozdan lekin davomiy tarzda yurishimiz, bizni manzilga tezroq olib boradi.

Prinsip meni yugurish hayotimning bir qismi boʻlib shakllanishida yordam berdi. 2 yil oldin men yugurishni boshlaganimda, marafon masofani (42.2 km) bosib oʻtish mening rejamda yoʻq edi. Prinsip yordamida, hech qanday jiddiy tayyorgarliksiz bu masofani bosib oʻtishga erishdim. Lekin men har yugurganimda, avvalgi yugurishdan yaxshiroq natijaga erishishga harakat qildim (hech kimga marafon distansiyani tayyorgarliksiz bosib oʻtishni tavsiya qilmayman, har kimning tibbiy holati har xil).

“1% better” prinsipi yana doimiy kitob oʻqishni odat tarziga aylantiriahda yordam berdi.

Scranton universiteti tadqiqotiga koʻra, har yili oʻz oldiga maqsad qoʻyadiganlarni 100% deb olsak, ulardan faqatgina 8% odamlar oʻz maqsadiga erishib, qolganlar erisha olmas ekan.

Bunga sabab, maqsadga qanday qilib erishish yoʻlida yetarlicha mehnat qilmasdan, faqatgina maqsad qo’yish bilan kifoyalanish, maqsad sari har kuni harakat qilmaslik ekan.

Quyida, James Clear “1% better” prinsipi qanday ishlashini yaxshi misolllar bilan tushuntirib bergan. Taqdimot davomida Britaniyaning velosport jamoasi qanday qilib kichik qadamlar yordamida katta natijalarga erishgani va boshqa hayotiy misollar keltirib oʻtilgan.

1% Better Every Day - James Clear

#unumdorlik #productivity #atomichabits @nodizayn