Get Mystery Box with random crypto!

#обуначиларимиздан #таҳрирсиз “Men Farg'ona viloyat Toshloq | BASTION

#обуначиларимиздан #таҳрирсиз

“Men Farg'ona viloyat Toshloq tumanidan Sheraliyev Elmurod Xudayberdiyevichdan
Assalomu alaykum Bastion kanali jamoasi iltimos shuni kanalizda chiqarsangiz.

Biz barcha O'zbekiston bo'yicha jigar va buyrak transplantatsiya bo'lganlar nomidan yozyabman bizga yaqinlarimiz qancha mashaqqat va azoblar bilan o'z a'zolarini berishgan va biz xam qancha azoblar tortdik buni boshidan o'tkazgan odamlar yaxshi tushunadi.

Bizni operatsiya qilishyotganda yangi azolar yaxshi moslashishi uchun umrbodlik 2 maxaldan ichadigan cellcept va prograf tabletkalariga moslashtirilgan.

Xozirda SSV tomonidan boshqa doriga almashtirishyabdi bu dorilar almashsa xarkimga xar xil yomon xolatlarga olib kelishi mumkun. Endi sog'lom xayotga qaytganimizda bu nimasi endi kasallarni sonini kamaytirishmi yoki boshqa dori ishlab chiqarish bilan kelishuvmi xech yo'q biz nogironlarni ustidan ish qilishmasa bo'lardi.

Tana boshqa dard bilmas ekanda SSV dan xechqanday ma'lumot berilmayabdi. Prograf kompanyasi shartnomasini bekor qilibdi ekan Xukumatimiz bir dori firmasi bilan shartnoma tuzolmaydigan xolatda emasku.

Biz kasallarni xayoti bilan o'yin qilishmasa yaxshi bo'lardi. Bizga dorimizni almashtirishmasin. Kimgadur bir nima bo'lsa o'zi kasal edi deb xamma suvdan quruq chiqib ketadi.

Sizlardan iltimos shuni SSV dan yuqori turuvchilarga yetib borib amaliy yordam berishlariga yordam bersalaringiz.” - дейилмоқда хабарда.

"BASTION" каналига аъзо бўлинг ва дўстларингизга улашинг!

@bastiongr