Get Mystery Box with random crypto!

Rasmiy_munosabat Ijtimoiy tarmoqda Toshkent viloyati Qibray t | BASTION

Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent viloyati Qibray tumani “Navro‘z” mahallasida yorilgan joyni ta’mirlab berilishi so‘ralgan xabar tarqaldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 408-sonli qarorining Manzilli ro‘yxatiga asosan, pudratchi “Ko’chkak chinori’’ X/K tomonidan 1115 m uzunlikdagi D-300 mm li oqova suv tarmog‘i D-400 mm li tarmoqqa almashtirildi.

Ushbu qazilgan joyda oqova suv tarmog‘ini ulash ishlari bajarildi. Ish to‘liq yakunlangach, yo‘l tekislanib, asfaltlandi.

"Musaffo obi hayot" MCHJ Axborot xizmati

"BASTION" каналига аъзо бўлинг ва дўстларингизга улашинг!

@bastiongr