Get Mystery Box with random crypto!

#обуначиларимиздан #таҳрирсиз “Assalomu aleykum xurmatli Ba | BASTION

#обуначиларимиздан #таҳрирсиз

“Assalomu aleykum xurmatli Bastion adminlari biz Andijon shaxar To'qqizariq MFY xududida joylashgan 8-Maktab o'quvchilarimiz.

Bizning maktabimizni turpoq bo'lsaxam futbol stadionimiz bor edi. 2022 yil Viloyat xokimimiz tashrif buyurganda stadion muamoyimiz aytilgan talabga javob bermas edi.

Tashrifidan so'ng
Minni arena qurish uchun musasadi xodimlar kelib qurishni boshlashdi qurish ishlari yarmiga kelib to'xtab qolgan mana to'xtaganigaxam 9 oy bo'ldi xaligacha arenamiz bitishidan darak yo'q

Biz maktab o'quvchilari jismoniy tarbiya darslarida futbol o'ynash armon bo'p qolmoqda so'rasek quruvchini pulini tushirib bermagani uchun to'xtaganligini aytishmoqdа

Yurtboshimiz xamma etiborini yoshlarga qaratyotgan bir paytda biz yoshlar etiborsiz qolyapmiz deb o'yleman.

Sizlardan iltimos Bastion admini kerakli tashkilotlar ko'rib shu bizning muamoyimizni ijobiy va vijdonan xal qilib arenamizni bitkazib berishini so'rab qolamiz.” - дейилмоқда хабарда.

"BASTION"

@bastiongr