Get Mystery Box with random crypto!

#обуначиларимиздан #таҳрирсиз “Assalom-u alaykum. Ushbu muro | BASTION

#обуначиларимиздан #таҳрирсиз

“Assalom-u alaykum. Ushbu murojaat Samarqand viloyati, Ishtixon tumanidan.

Mana sal kam 4 yildan buyun ushbu axlat qutilar tumanning markazida va odam gavjum ko’chalarida tumanning ko’rkiga yanada ko’rk qo’shib turibdi.

Ushbu “tashabbus” avvalgi hokim tomonidan qilingan edi. 2022-yil Iyun oyida yangi hokim kelgani bilan ushbu muammo haqida o’ylab ham ko’rmadi.

Ushbu axlat qutilar hajmi jihatidan ancha katta va juda ko’p axlat qabul qila oladi. Ammo, mashina yo’liga halaqit bermoqda. Eng yomoni esa ushbu axlat qutisidan tarqalayotgan hid 500 metr radiusga yetadi va Ishtixon ko’chada burningizni berkitib yurishingizga majbur qiladi.

Aholi esa ushbu hiddan umuman chiday olmay qoldi. Ushbu ahlat qutilarni olib tashlab kichkina qutilarni piyodalar yolini yonidan ko’proq qoysa cheksiz xursand bolar edik.” - дейилмоқда.

"BASTION" каналига аъзо бўлинг ва дўстларингизга улашинг!

@bastiongr