Get Mystery Box with random crypto!

Ijtimoiy tarmoqlarda “Mirzo Ulugʻbek vorislari” Respublika tan | BASTION

Ijtimoiy tarmoqlarda “Mirzo Ulugʻbek vorislari” Respublika tanlovining Andijon viloyati ishtirokchilari va gʻoliblariga mukofot pullari berilmagani toʻgʻrisidagi xabarga

RASMIY MUNOSABAT

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-yanvardagi “Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 30-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, joriy yilning 2-24-mart kunlari Andijon viloyatida “Mirzo Ulugʻbek vorislari” Respublika tanlovining shahar va tuman bosqichi qarorda belgilangan tartibda samarali tashkil etildi.

Natijada 400 nafarga yaqin ishtirokchilar orasidan 70 nafardan ortiq iqtidorli yoshlar tanlovning viloyat bosqichida qatnashish imkoniyatini qoʻlga kiritdilar. Tanlovning 20-aprel sanasida oʻtkazilgan viloyat bosqichida 20 nafar ishtirokchi respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Tanlov gʻoliblarini ragʻbatlantirish yuzasidan mukofot pullari oʻrnatilgan tartibda viloyat kengashi deputatlar muhokamasiga 5-may sanasida qoʻyilgan boʻlib, 20-may sanasiga qadar ushbu jarayonlar yakuniga yetkazilishini hamda oʻrnatilgan tartibda tanlovning shahar-tuman hamda viloyat bosqichi gʻoliblariga ragʻbatlantirish pullari markazlashgan holda mahalliy byudjetning orttirib bajarilgan qismidan berilishi rejalashtirilganini maʼlum qilamiz.

Shu bilan birga, postda keltirilgan “Boshqa viloyatdagilar bilan gaplashsak, oʻtgan yili ham berishmagan, bu yil ham berishmaydi deyishmoqda” degan gap haqiqatga toʻgʻri kelmasligini maʼlum qilamiz. “Mirzo Ulugʻbek vorislari” Respublika tanlovida oʻtgan yili qatnashgan va mukofotga sazovor boʻlgan barcha ishtirokchilar tegishli pul mukofotlari bilan taqdirlanganlar.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Andijon viloyati hududiy boshqarmasi Axborot xizmati

"BASTION" каналига аъзо бўлинг ва дўстларингизга улашинг!

@bastiongr