Get Mystery Box with random crypto!

#обуначиларимиздан #таҳрирсиз “Assalom alekum Batsion jamoas | BASTION

#обуначиларимиздан #таҳрирсиз

“Assalom alekum Batsion jamoasi. Biz bir guruh fuqarolar sizlarga Buxoro shaxridan yozmoqdamiz.

Biz Buxoro shaxar Bog'ishamol ko'chasidan "DILUM NUR STROY" MCHJga tegishli bo'lgan qurilish firmasidan xonadon sotib olganmiz, xonadonlar foydalanishga topshirilgan bo‘lishiga qaramasdan hozirgi kunga qadar ushbu domdagi fuqarolar elektr ta'minoti bilan ta'minlanmagan.

Bu masala bo‘yicha Quruvchiga murojaat qilsak quruvchi undan pul talab qilishayotganini Bizlar Elektr tarmoqlari korxonasiga borishimizni aytadi biz kimga murojaat qilishni ham bilmay qoldik.

Nimaga foydalanishga topshirilgan domda elektr ta'minoti buncha muammo bo‘lmoqda? Axir bunaqa muammolar domni foydalanishga topshirishdan oldin to'liq bartaraf etilgan bo‘lishi kerak emasmi? Yoki Elektr tarmoqlari korxonasi rahbari noqonuniy ravishda dalolatnomaga imzo qo'yganmi?

Iltimos bizlarga qisqa muddatlarda xonadonlarimizni elektr bilan ta'minlashda amaliy yordam berishingizni so'raymiz. Uchbu murojaatni Bosh Prokuratura va Energetika vazirligi o‘z nazoratiga olishini Iltimos qilamiz.” - дейилмоқда хабарда.

"BASTION" каналига аъзо бўлинг ва дўстларингизга улашинг!

@bastiongr