Get Mystery Box with random crypto!

“HUDUDGAZ ANDIJON” GAZ TA'MINOTI FILIALI RASMIY MUNOSABATI Te | BASTION

“HUDUDGAZ ANDIJON” GAZ TA'MINOTI FILIALI RASMIY MUNOSABATI

Telegramning “BASTION” kanalida e'lon qilingan
murojaat yuzasidan “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati quyidagilarni ma'lum qiladi.

Shahrixon tumanidagi “Qumtepa” MFY o‘ramidagi 750 nafar iste'molchiga “Shahrixontumangaz” gaz ta'minoti bo‘limi tomonidan avgust oyining 13-, 14-, 16- va 19-sanalarida 22.560 tonna gaz yetkazib berilgan bo‘lib, aholining 1128 dona maishiy gaz ballonlari suyultirilgan gazga to‘la ballonlarga alishtirilib berilgan. Undan avval esa 27-30-iyun kunlari 18.100 tonna gaz yetkazib berilgan. “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali ushbu MFYga belgilangan reja-grafikka aossan suyultirilgan gaz yetkazib berilayotganini ma'lum qiladi.

“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

"BASTION"
га қўшилинг!
Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг!

https://bastion11.taplink.ws