Get Mystery Box with random crypto!

Haj qilmoqchi bo’lgan kishi quyidagi amallarni bajarishi kerak | Barokat - islomiy sayohat

Haj qilmoqchi bo’lgan kishi quyidagi amallarni bajarishi kerak
1. Miyqotda undan oldin ihromga kirish
2. Ihromga kirishdan oldin tirnoqlarni va ortiqcha junlarni olish.
3. Mo’ylablarini qisqartirish.
4. G‘usl yoki tahorat qilish.
5. Yangi yoki yuvilgan izor va rido kiyish, ular oq va yangi bo’lgani afzaldir.
6. Agar bor bo’lsa xushbo’ylik sepish.
7. Ikki rakat namoz o’qish (bu amal mustahab)
8. Namozdan so’ng “Allohumma Inniy Uriydul Uajji Fayassirhu li va Taqobbal Minni” deb duo qilish. M
9. Ikki rakat namozdan so‘ng hajni niyat qilib talbiya, ya'ni “Labbayka" aytadi. Talbiyaga boshqa kalimalarni ham qo‘shib aytish joizdir. niyat qilib talbiya aytgach, ihromga kirgan hisoblanadi.
10. Talbiyadan so‘ng payg‘ambarimizga, sollallohu alayhi va sallam, salavot aytish lozim.
11. Shundan so‘ng yaxshi duo qilish mustahabdir.