Get Mystery Box with random crypto!

To’siqlar bo’ladi, albatta. Masalan, mening vaziyatimda buvim | Barnosha's

To’siqlar bo’ladi, albatta. Masalan, mening vaziyatimda buvim umuman ruxsat bermasdilar. “Ana, turmushga chiqda keyin shahzodang bilan istagan davlatingga boraver. Toki ungacha ruxsat yo’q” deb shart qo’yardilar. Shuning uchun ham UGRADdan oldingi grantlarda ketolmaganman. Tarbiyamda buvim va onam doim o’ta qattiq turishgan, dadam esa har doim mani najot farishtam, qahramonim bo’lganlar .

Amerikaga ketishimga ruxsat berishgani bu mo’jiza. Buvim doim dunyoni narigi chekkasida sani kim himoya qiladi derdilar. Man esa ishonch bilan “Mani Alloh doim asragan va asraydi” derdim va shunday bo’lgan. Qo’rqmang…qadam bosing, ishonch bilan. Siz eng zo’riga loyiqsiz .


Yours,
Barnosha

Minnatdorman, Robbim
@barnosha_amanova_2000