Get Mystery Box with random crypto!

Bayrog’im bilan endigina 2 ta davlatni ko’rdik, AQSh va Turkiy | Barnosha's

Bayrog’im bilan endigina 2 ta davlatni ko’rdik, AQSh va Turkiyani. Mani hali yana 195 ta davlat kutyapti, In shaa Alloh…

O’zbekistonning mustaqilligi bilan har biringizni chin yuragimdan tabriklayman. Tinchlik uchun shukur. Shu fayzli Vatanning va xalqning erka va baxtli qizi bo’lganligim uchun…Millatingiz nima? Turkmisiz? deb so’rashganda “ MAN O’ZBEKMAN ” deb mazza qilib aytolganim uchun behisob shukur. Alloh manga butun koinot orasidan aynan O’zbekistonni tanlab, Vatan qilib nasib etganini qadrlayman. Yaxshi ko’raman O’zbekistonni, borligicha va shartsiz…

Videodagi qo’shiqni o’zim aytganman Amerikadaligimda. Bolaligimda Ayam qo’shiqchilik darslariga ham olib borgandilar. Hamma sohani sinab ko’rganmiz yo’limni topgunimcha. Hozirgi kunda san’at bilan bir-birimizni tanlamaganimizdan xursandmiz .

Bayram Muborak…
Siz bilan Barnosha - dunyoning sakkizinchi mo’jizasi bo’ldi .

Minnatdorman, Robbim
@barnosha_amanova_2000