Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum! Bugun 25-iyul, Seshanba. Maktabgacha va m | Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi

Assalomu alaykum!

Bugun 25-iyul, Seshanba.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

BAYRAMLAR:

Ukrainada savdo xodimlari kuni
Tunisda respublika kuni
Puerto-Rikoda Konstitutsiya kuni
Belarusda yong‘in xizmati xodimlari kuni
Tojikistonda transport xodimlari kuni

VOQEALAR:

1814-yil — ingliz ixtirochisi Jorj Stivenson paravozning birinchi sinovini o‘tkazdi.
1868-yil — AQSHda Vаyoming hududi tashkil etildi.
1947-yil — Pragada 1-Butunjahon yoshlar va talabalar festivali boshlandi.
1948-yil — Tataristonda dunyodagi eng yirik neft konlaridan biri ochildi.
1968-yil — “Humanae vitae” — tug'ilishni nazorat qilish bo‘yicha ensiklopediya nashr etildi.

TAVALLUDLAR:

1848-yil — Artur Balfur — Buyuk Britaniyaning 50-bosh vaziri.
1884-yil — Devidson Blek — Sinantrop qoldiqlarini kashf etgan kanadalik paleontolog.
1905-yil — Elias Kanetti — avstriyalik yozuvchi, “Nobel” mukofoti sovrindori.
1972-yil — Ektor Vinent — kubalik havaskor bokschi, 2 karra Olimpiya chempioni.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE