Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum! Bugun 24-iyul, Dushanba. Maktabgacha va ma | Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi

Assalomu alaykum!
Bugun 24-iyul, Dushanba.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

BAYRAMLAR:

Hindistonda ota-onalar kuni
Vanuatuda bolalar kuni
Polshada politsiya kuni
Gretsiyada demokratiyani tiklash kuni

VOQEALAR:

1790-yil — Fransiyada tarixda ilk marotaba Yerga meteorit qulashi rasman ro‘yxatdan o‘tkazildi.
1851-yil — Buyuk Britaniyada oyna solig‘i bekor qilindi.
1870-yil — Nyu-Yorkka San-Frantsiskodan birinchi transkontinental poezd keldi.
1938-yil — “Nestle” dunyodagi eng mashhur tezkor qahva markasi — “Nescafe”ning birinchi partiyasini ishlab chiqardi.
1969-yil — “Apollon 11” Tinch okeaniga muvaffaqiyatli qo‘ndi.

TAVALLUDLAR:

1857-yil — Xenrik Pontoppidan — daniyalik yozuvchi, “Nobel” mukofoti sovrindori.
1897-yil — Ameliya Erxart — amerikalik yozuvchi va uchuvchi, Atlantika okeani ustidan uchib o‘tgan birinchi ayol uchuvchi.
1905-yil — Vasiliy Pronin — sobiq ittifoqning “Hayotga yo‘l” nomli birinchi ovozli filmini kinooperator sifatida suratga olgan kinorejissyor va operator.
1963-yil — Karl Meloun — amerikalik basketbolchi, 2 karra Olimpiya chempioni.
1971-yil — Dino Bajo — italiyalik futbolchi, Jahon kubogining kumush medali sohibi.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE