Get Mystery Box with random crypto!

'TOG' SARGUZASHTLARI' FESTIVALI BO'LIB O'TDI Maktabgacha va | Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi

"TOG' SARGUZASHTLARI" FESTIVALI BO'LIB O'TDI

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan "Tog' sarguzashtlari" festivali e'lon qilingan edi.

Jizzax viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Baxmal tumanida "Tog' sarguzashtlari" festivalining viloyat bosqichi o'tkazildi.

Bunda, viloyatdagi barcha tuman(shahar) "Barkamol avlod" bolalar maktablarining 100 ga yaqin to'garak a'zolari tanlov nizomiga ko'ra bellashdilar.

Tanlovda ishtirokchilarni baholash uchun Favqulodda vaziyatlar va Tabiat resurslari vazirligi Jizzax viloyat boshqarmalari, "Vatanparvar" tashkilotlari bilan hamkorlikda o'tkazildi.

Viloyat bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan jamoalar bilan quyida tanishing!
1 o'rin: Paxtakor tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabi jamoasi;
2 o'rin: Zafarobod tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi jamoasi;
3 o'rin: Arnasoy tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi jamoasi;

G'oliblar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi hamda festivalning respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Jizzax viloyati "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati