Get Mystery Box with random crypto!

#Taqdirlash_marosimi #Barkamol_avlod “BOLALARGA BERING DUNYON | Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi

#Taqdirlash_marosimi
#Barkamol_avlod

“BOLALARGA BERING DUNYONI” HAMDA “VAZIR SOVRINI” RESPUBLIKA KO‘RIK-TANLOVLARINING TAQDIRLASH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Bolalarga bering dunyoni” hamda “Vazir sovrini” Respublika ko‘rik-tanlovlarining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda vazir Hilola Umarova, Bosh prorukor o‘rinbosari Svetlana Ortiqova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o'rinbosari Odil Tojiyev va butun Respublikadan kelgan "Barkamol avlod" to‘garaklari ishtirokchilari qatnashdi.

“Bolalarga bering dunyoni” Respublika ko‘rik-tanlovida ishtirokchilar “Bola huquqlari” va “Konstitutsiyaviy islohotlar yoshlar nigohida” yo‘nalishlaridagi rasmlar tanlovida bellashishdi. Unda 21 512 nafar o‘quvchi-yoshlar qamrab olindi.

“Xalq ta'limi vazirligi sovrini” ko‘rik-tanlovi:

Yog‘och o‘ymakorligi;
Liboslar dizayni;
Yosh arxitektor yo‘nalishlarida tashkil etildi.
Ushbu tanlov 20 998 nafarga yaqin o‘quvchi-yoshlarni qamrab oldi.

Tadbir kuy-qo'shiqlar va iqtidorli yoshlar tomonidan sahnalashtirilgan badiiy chiqishlarga boy holda o‘tdi. G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram