Get Mystery Box with random crypto!

Bektemir tumanidagi 2-sonli BUSMning ochiq futbol maydonida se | Barcelona

Bektemir tumanidagi 2-sonli BUSMning ochiq futbol maydonida sektorlar kesimida 18 ta mahalla yoshlaridan tashkil topgan futbol jamoalari oʻrtasida “Davlat xavfsizlik xizmati raisi” kubogi uchun kechgan qizgʻin bellashuvlarda, final bosqichiga chiqqan Abay, Zilola, Yangi hayot va Nurafshon mahallasi jamoalari bellashdi.

Qizgʻin bellashuvlar ostida kechgan musobaqalarda birinchi oʻrin uchun Zilola va Abay mahallasi jamoalari kuch sinashishdi. Natijada birinchi oʻrinni Zilola mahallasi, ikkinchi oʻrinni esa Abay mahallasi jamoalari qoʻlga kiritdi.

Faxrli uchinchi oʻrin uchun Yangi hayot va Nurafshon mahallalari jamoalari bellashdi va Yangi hayot mahallasi 3 oʻringa loyiq deb topildi.

Musobaqa gʻoliblariga mutasaddilar tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari taqdim etildi.

Batafsil videolavhamizda.

@QitmirChol • yumor, tanqid, kulgu va tezkor yangiliklar faqat bizda!