Get Mystery Box with random crypto!

8 yil oldin aynan shu kunda Tito Vilanova vafot etgan edi. 20 | Barcelona

8 yil oldin aynan shu kunda Tito Vilanova vafot etgan edi.

2014-yilning aynan shu kunida "Barselona"ning sobiq murabbiyi va klubning eng muvaffaqiyatli davridagi Pep Gvardiolaning yordamchisi bo'lgan Tito Vilanova afsuski olamdan o‘tgan edi.

Gvardiola ketganidan keyin aynan Tito klubni qabul qilib, birinchi mavsumdayoq La Ligani qo'lga kiritdi.

Vilanova uzoq vaqt davomida saraton kasalligi bilan kurashdi. 2011-yilning noyabr oyida unga parotid bezida o'sma tashxisi qo'yilgan. Shundan so'ng Tito ikki jabhada kurashdi - futbol va tibbiyot. Ispaniyani zabt etib, murabbiylik lavozimini tark etdi, bir yildan keyin esa u dunyoni tark etdi.

-aprel "Barselona" tarixiga qora kun sifatida abadiy kirgan. Kataloniyada Titoga befarq qaraydigan odam yo'q. Uning qo'l ostida tarixda va qolaversa hozirgacha yuz bermagan voqea sodir bo'lgan. Levantega qarshi o'yinda La Masianing 11 tarbiyalanuvchisi asosiy tarkibda maydonga tushgan.

@BARSELONATG