Get Mystery Box with random crypto!

Yoxan Kroyffning tug'ilgan kunida u va Romario bilan bo'lgan v | Barcelona

Yoxan Kroyffning tug'ilgan kunida u va Romario bilan bo'lgan voqea doim esga olinadi.

Braziliyaliklarning aksariyati o'z karnavallarini yaxshi ko'radiganlar xisoblanadi. "Barcelona" da o'ynagan Romario ham karnavalga otlandi, ammo buning uchun ikkita mashg'ulotni o'tkazib yuborish kerak edi. U Kroyffga oldiga keladi va javob so'raydi. Yoxan bunday takabburlikdan hayratda qolgan edi, lekin u buni bildirmadi. Chunki u Braziliyalikni qo'yib yubormagan taqdirda baribir ketib qolishini yaxshi bilar edi

Kroyff shartni qo'ydi:"Men senga bu ikki kunni beraman, lekin keyingi o'yinda sen ikki marta gol urishing kerak". O'yin kuni Romario 20-daqiqada ikki marta gol urdi, Kroyffga yugurdi va almashtirishni so'radi: "mening samolyotim bir soat ichida uchib ketadi, menga ruxsat bering". Yoxan o'z so'zida turdi va uni almashtirdi.

Buyuk inson, buyuk futbolchi, buyuk murabbiy !!!

@BARSELONATG