Get Mystery Box with random crypto!

RogerTorello[MD] Saudiya Arabistonining eng kuchli klublar | FCB.uz | EURO | Copa America

RogerTorello[MD]
Saudiya Arabistonining eng kuchli klublaridan biri Rafinya uchun Barcelonaga kamida 100 million euro to'lashga va hozirgi maoshini ikki baravar oshirib berishi mumkin.

Biroq, Raphinha va uning oilasi Barcelonada o'zini juda qulay his qilmoqda. U allaqachon birinchi taklifni rad etgan va qancha pul taklif qilishmasin uni Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tishga ko'ndirish oson bo'lmaydi. U Angliyaning top klubidan taklif bo'lgan taqdirdagina Barcani tark etishni o'ylab ko'rishi mumkin.

Har holda Raphinha birinchi navbatda Hansi Flickning u haqida qanday fikrda ekanligini bilishni xohlaydi.


Telegram | Instagram | FutbolAva