Get Mystery Box with random crypto!

​​Tenge Bank bir qator foydali aksiyalar va takliflarni e'lon | Bank.uz

​​Tenge Bank bir qator foydali aksiyalar va takliflarni e'lon qildi.

“Tenge Bank” ATB avtomobil ixlosmandlari orasida sovrinlar o’yinini o'tkazadi. Bundan tashqari, pul o'tkazmalari va omonat uchun foydali takliflar ham amal qiladi.

“Tenge Bank” ATB kirib kelayotgan Yangi yil arafasida bir qator foydali aksiyalar va takliflarni e’lon qildi. Bank mijozlarini ko'plab sovg'alar kutmoqda.
Shunday qilib, 2021-yil 1-dekabrdan 25-dekabrga qadar avtokredit (birlamchi yoki ikkilamchi bozordan) rasmiylashtirgan barcha mijozlar aksiya ishtirokchisiga aylanadilar. Uch nafar g'olib uchun maishiy texnika va bir nafar g'olibga ikki kishilik Turkiyaga yo'llanma taqdim etiladi.
G'oliblar Facebook va Instagram orqali jonli efirda tasodifiy tanlab olish yo'li bilan aniqlanadi.
Aksiyaning batafsil shartlarini havola orqali ko'rishingiz mumkin.
Shuningdek, "Tenge Bank" ATB - SWIFT o’tkazmalari bo’yicha ham aksiya haqida e’lon qiladi. 1-dekabrdan 31-dekabrga qadar barcha yo'nalishlar bo'yicha SWIFT tizimi orqali pul o'tkazmalarini yuborish uchun komissiya 0 so'mni (avvalgi komissiya 320 ming so'm) tashkil etadi.

"Золотая Корона" xalqaro pul o'tkazmalari bo'yicha yangi yil aksiyasi Tenge Bank mijozlariga qulay tariflarni taklif etadi. Xususan, 2022-yil 31-yanvarga qadar, Rossiya, Qozog'iston, Qirg'iziston va Turkiyaga pul o'tkazmalarini yuborish uchun komissiya 0,5% ni (10 AQSH dollaridan oshmgan holda) tashkil etadi. Ushbu aksiyada bank kartasiga yo'naltirilgan o'tkazmalar ishtirok etmaydi.

Shuningde, "Yangi yil" omonati bank mijozlariga qulay shartlarni taklif etadi. Mijozlar ushbu omonatni yillik 23% bilan 3 oy muddatga kamida 10 million so'm bilan rasmiylashtirishlari mumkin. "Yangi yil" omonatini qabul qilish muddati 2022-yil 31-yanvargacha etib belgilangan.
Bundan tashqari, har bir mijoz Uzcard va Humo kartalarini bepul rasmiylashtirishlari mumkin bo'lib, bu yangi yil uchun yaxshi sovg'a bo'ladi.

"Tenge Bank" ATB zamonaviy bank texnologiyalaridan foydalangan holda barcha toifadagi korporativ, kichik va o'rta biznes hamda chakana mijozlarga so'm, tenge, AQSH dollari va evro valyutalarda moliyaviy xizmatlarni taqdim etuvchi universal bank hisoblanadi. Bank "Qozog'iston Xalq banki" OAJ (Halyk Bank) ning 100 foizli sho'ba korxonasi hisoblanadi.

Telefon: 1245
E-mail: info@tengebank.uz
Sayt: tengebank.uz
Facebook: fb.com/tengebank.uz
Telegram: t.me/tengebankuz

Reklama huquqi asosida