Get Mystery Box with random crypto!

Bank ishi fakulteti

Telegram kanalining logotibi bankishiofficial — Bank ishi fakulteti B
Telegram kanalining logotibi bankishiofficial — Bank ishi fakulteti
Kanal manzili: @bankishiofficial
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 947
Kanalning ta’rifi

Toshkent moliya instituti
Bank ishi fakulteti rasmiy telegram kanali
Официальный канал факультета Банковское дело
Official channel of the Faculty of Banking
📸Instagram: @bank_ishi_official
📩Murojaat uchun: @Bankishimurojaat

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-01-20 16:04:16 Assalomu Alaykum!
Institutimizning aziz jamoasi!
Institut hududida ma’lum miqdordagi pul topib olingan.
O’z pulini yo’qotgan inson +998 97 733-07-67 telefon raqamiga bog’lanib, summaning miqdorini aytsa albatta pul o’z egasiga qaytariladi.
358 views13:04
Ochish/sharhlash
2021-01-18 14:24:46
“Учинчи ренессанс – ёшлар нигоҳида” номли танловга ҳужжатлар қабул қилинмоқда.

Танловда талабалар ва тадқиқотчилар қуйидаги номинациялар бўйича иштирок этишади:

Аждодлар меросини тарғиб қилишда инновацион ёндашув;
Олий таълимда сифатли билим олишдан талабаларнинг манфаатдорлигини ошириш учун ўқув жараёни ва методикасини ўзгартириш йўллари;
Ёшларни илм-фан ва инновацияларга қизиқтиришнинг ноанъанавий усуллари.

Танловнинг ҳар бир йўналиши бўйича республика якуний босқичи биттадан ғолиблари ўзлари таклиф этан лойиҳаларни амалга ошириш мақсадида 50 миллион сўм грант пуллари билан тақдирланади.

Ҳужжатлар 20 январгача ОТМ факультетларида қабул қилинади.

Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | Twitter
653 views11:24
Ochish/sharhlash
2021-01-14 21:09:20 ​​O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi 6141-son farmoni bilan Abduqodir Xamidovich Toshqulov O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimiga tayinlandi .
386 views18:09
Ochish/sharhlash
2021-01-14 18:12:43 “Uchinchi renessans – yoshlar nigohida” tanlovi nizomi.
525 views15:12
Ochish/sharhlash
2021-01-14 18:12:43 #Tanlov

“Uchinchi renessans – yoshlar nigohida”

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Innovatsion rivojlanish vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, “Ipoteka-bank” ATIB, O‘zMTRK O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan hamkorlikda “Uchinchi renessans – yoshlar nigohida” nomli respublika tanlovi tashkil qilinmoqda.

Tanlovda 40 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasidagi barcha oliy ta’lim muassasalarining talabalari, magistratura va doktorantura tadqiqotchilari quyidagi yo‘nalishlarda ishtirok etishlari mumkin:

ajdodlar merosini o‘rganish va targ‘ib qilishda innovatsion yondashuv;
oliy ta’limda sifatli bilim olishdan talabalarning manfaatdorligini oshirish uchun o‘quv jarayoni va metodikasini o‘zgartirish yo‘llari;
yoshlarni ilm-fan va innovatsiyalarga qiziqtirishning noan’anaviy usullari.

Tanlov yiliga ikki marotaba, yanvar-mart va sentabr-noyabr oylari davomida to'rt bosqichda o‘tkaziladi:

- bosqich – fakultet bosqichi (30-yanvar va 30-sentabrga qadar);
- bosqich – OTM bosqichi (25-fevral va 25-oktabrga qadar);
- bosqich – hududiy bosqich (15-mart va 15-noyabrga qadar);
- bosqich – respublika yakuniy bosqichi (1-aprel va 1-dekabrga qadar) o‘tkaziladi.
Tanlov ishtirokchilarining taqdim etgan loyihalari har bir yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislardan tuzilgan Hakamlar hay’ati tomonidan 100 ballik tizimda baholanadi.

Tanlov g‘oliblari diplom hamda pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

Tanlovning 1-bosqichi haqida:
30-yanvarga qadar bo'lib o'tadi;
qaysi yo'nalishga topshirmoqchi bo'lsangiz, o'sha yo'nalish uchun kerakli hujjatlarni belgilangan muddatda fakultet yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini S. Djumanovga topshiring!

Tanlov nizomi bilan quyidagi fayl orqali tanishib chiqishingiz mumkin

@bankishiofficial
470 views15:12
Ochish/sharhlash
2021-01-14 09:27:50 ​Ҳамма-ҳаммани ватан ҳимоячилари куни билан чин қалбимдан табриклайман.

Байрам муносабати билан @allaevuzb каналидан обуначиларимизга ажойиб совғамиз бор.

Сизга “Asaxiy Books” электрон китоблар дастурига 5000 Сўмлик купонни тақдим этамиз. Дастурнинг купонлар бўлимига киринг ва “14yanvar” кодини теринг. Ҳисобингиз 5000 Сўмга тўлдирилади.

Купоннинг амал қилиш муддати 20 январгача.

Дўсталингиз ва яқинларингизга купонни тарқатинг.


Каналга обуна бўлинг: @allaevuzb
377 views06:27
Ochish/sharhlash
2021-01-14 04:55:04
Отваги, смелости и силы,
Все цели будут достижимы.
Здоровья, счастья, мира и добра!
С Днем защитника! С 14 января!
Праздник мужчин! Неспроста он январьский —
Мужество, выдержка, доблесть в них есть!
Мы поздравляем всех тех, кто однажды
Понял всю ценность понятия «честь»!

Будьте и впредь духом стойки, отважны,
Будьте надежным для женщин плечом!
Чтобы у вас было всё, что так важно:
Сила, здоровье и счастье ручьем!
Уважаемые мужчины Ташкентского Финансового Института!
Поздравляем Вас, надёжных, умных и смелых с ДНЁМ ЗАЩИТНИКА РОДИНЫ! Каждый из Вас опора и щит своей семьи, нашего коллектива и Родины в целом. Желаем Вам сил, здоровья, новых свершений и пусть все подарки судьбы будут во благо!
Коллектив женщин факультета "Банковское дело"
358 views01:55
Ochish/sharhlash
2021-01-14 04:55:04
Hurmatli Toshkent Moliya Institutining zabardast yigitlari!
Sizni ajoyib bayram Vatan Himoyachilari kuni munosabati bilan tabriklaymiz. Albatta har bir yigit o’z kasbi va xarakteriga qaramasdan, asli Vatan Himoyachisidir. Sizning bir so’zligingizni, mardligingizni va jamoamizda suyanch ekanligingizni qadrlaymiz. Siz oilangiz, institutimiz va qolaversa Vatanimiz Posbonidirsiz! Bayramingiz bilan! Sizga ishlaringizda muvaffaqiyat, baxt va omad, dunyodagi eng ezgu niyatlarni tilab qolamiz. Har doim bilaklaringizdan kuch-quvvat arimasin, yuragingiz esa vatan ishqida yonib yuraversin, ko`zlaringiz taqdirning ajoyib tuhfalaridan porlayversin. Oilangiz, jamoamiz doim Siz bilan faxrlanib yurishsin!
Bank ishi xotin-qizlar jamoasi
369 viewsedited  01:55
Ochish/sharhlash
2021-01-13 13:40:25 “Туронбанк” АТБ ёшларни жамиятда ўз ўрнини топиши учун муносиб шароит яратиш мақсадида ўз устида ишлаб, билим ва савиясини мунтазам равишда ошириб келаётган, Республикамиз иқтисодиётига муносиб ҳиссасини қўшишга тайёр, банк ишига қизиқадиган, хорижий (инглиз, рус) тилларда сўзлаша оладиган 4-босқич талабаларини машғулотлардан бўш вақтларида 0,5 ставка асосида ишлашга таклиф этади.

Талабалар тест синовлари асосида танлаб олинади. Ишга қабул қилинувчи талабалар сони чегараланган.

Иш жараёнида фаоллик кўрсатиб, юклатилган вазифаларни ўз вақтида бажарган ҳамда банк ишини яхши ўзлаштираётган талабага (олийгоҳда контракт тўлови асосида ўқиётган бўлса) ўқув йили учун контракт тўлови суммаси тўлаб берилади.

Ишлаш истагида бўлганлар факултет декан муовини С. Джуманов билан боғланинг.
510 views10:40
Ochish/sharhlash
2021-01-13 09:40:42 ​​Анорбанк 30 ёшгача бўлган ёшларни кассирлик учун ишга жалб қилмоқда.

Тўлиқ шартлар қуйидаги расмда.
Агар ишга кирмоқчи бўлсангиз, резюмеларни ANORBANK кадрлар бўлимининг @Anorbank_hr аккаунтига юборишингиз мумкин экан.

https://t.me/joinchat/AAAAAEdjReBvtzWJDF8jPg
372 views06:40
Ochish/sharhlash