Get Mystery Box with random crypto!

​​Yuqori kurs talabalari va korxona rahbarlari diqqatiga Tos | Bank ishi fakulteti

​​Yuqori kurs talabalari va korxona rahbarlari diqqatiga

Toshkent moliya instituti 2020/2021-o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilarini bo‘sh ish o‘rinlariga taqsimlash jarayoni boshlanganligini ma’lum qiladi.

Bitiruvchilarni ishga taqsimlashda respublikamizning barcha hududlarini qamrab olish, yuqori malakali mutaxassislarga ehtiyoji bor korxonalarning talablarini qondirish va bitiruvchilarga taqsimot jarayonida ish joyini tanlash imkoniyatini kengaytirish maqsadida tumanlardagi hokimliklar, Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi mas’ul xodimlarini hamda respublikamizda faoliyat yuritayotgan turli korxona va tashkilot rahbar-hodimlari bitiruvchilar bilan bevosita suhbat o‘tkazish, ishga tanlab olish hamda shartnomalar rasmiylashtirish uchun 2021-yilning 18-fevral kuni soat 10:00dan 17:00ga qadar institutda o‘tkaziladigan “Karyera kunlari” mehnat yarmarkasiga tashrif buyuradilar.

Ushbu tadbirda bitiruvchi va yuqori kurs talabalari o’zlarining CV(shaxsiy ma’lumotnoma) larini taqdim etgan holda faol ishtirok etishlarini so’raymiz

“Karyera kunlari” haqidagi qo’shimcha ma’lumotlarni 71-234-41-39, 97-410-78-64 telefon raqamlari yoki “Batafsil” rukni orqali olishingiz mumkin.

https://t.me/tfi_news