Get Mystery Box with random crypto!

​​“Nazm va navo” tanlovi e'lon qilinadi. Toshkent moliya ins | Bank ishi fakulteti

​​“Nazm va navo” tanlovi e'lon qilinadi.

Toshkent moliya instituti tomonidan she'riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag'ishlab tanlov tashkil qilinmoqda.

Tanlovda talabalar tomonidan tayyorlangan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodiga oid she'r, ularning g'azal va ruboiylaridan audio materiallar qabul qilinadi.

Ijodiy ishlar @shmaxkamova manziliga, ishtirokchining rasmi, ism-familiyasi, fakulteti, kursi va guruhi yozilgan holda yuborilishi kerak.

Barcha qabul qilingan ijodiy ishlar institutning https://t.me/TMIkitobxontalabalar sahifasiga joylanadi.

Tanlov g‘oliblari esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.

Audio materiallarni joriy yilning 3-fevral sanasiga qadar qabul qilinadi.

Talabalar audio materiallarni o'z imkoniyatlari doirasida yoki "Talabalar media ijtimoiy madaniyat maskanida"gi audio yozish studiyasida bepul yozishlari mumkin. (Murojaat uchun +998 90 9307272 Zuhriddin)