Get Mystery Box with random crypto!

Banking.uz

Telegram kanalining logotibi bank_sh_i — Banking.uz B
Telegram kanalining logotibi bank_sh_i — Banking.uz
Kanal manzili: @bank_sh_i
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 67
Kanalning ta’rifi

📌 Ushbu kanalimizda siz:
⚡ Bank, uning faoliyati va makroiqtisodiy ko'rsatkichlar haqida ma'lumotlar;
⚡ Iqtisodiy hamda moliyaviy savodxonligingizni oshirib borasiz;
⚡ Mamlakatimiz iqtisodiyotida bo'layotgan o'zgarishlar haqida ma'lumotlar.

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-01-04 21:19:00 Viktorina natijalarini ertaga aytib o'tamiz. To'g'ri javoblarni viktorinalar ostidagi kommentariyada qoldiramiz.

Bizdan uzoqlashmang, biz sizga hamisha yaxshisini ilinamiz!
436 viewsShakhrouz Sobirovich, 18:19
Ochish/sharhlash
2021-01-04 20:59:06
Banklarning ustav kapitaliga qo'yilgan minimal talab miqdori qancha?
Anonymous Quiz
19%
1 trln so'm;
32%
100 mlrd so'm;
14%
10 mln dollar;
20%
50 mlrd so'm;
15%
To'g'ri javob yo'q.
248 voters880 viewsShakhrouz Sobirovich, 17:59
Ochish/sharhlash
2021-01-04 20:55:27
Milliy valyutamiz bo'lgan SO'Mning ma'nosi nimani anglatadi?
Anonymous Quiz
49%
Barqaror valyuta;
18%
Bir xaltacha oltin;
8%
Qattiq valyuta;
11%
Bir xaltacha kumush;
9%
Oltin valyuta;
6%
Bir xaltacha olmos.
234 voters748 viewsShakhrouz Sobirovich, 17:55
Ochish/sharhlash
2021-01-04 20:51:04
Bank siri to'g'risidagi qonunga asosan kimlar uchinchi shaxs hisoblanadi?
Anonymous Quiz
17%
Markaziy bank va hukumat hamda mijozdan tashqari barcha shaxslar;
13%
Tijorat banki, hukumat hamda markaziy bankdan tashqari barcha shaxslar;
15%
Barcha javoblar to'g'ri;
23%
Tijorat banki, mijoz va markaziy bankdan tashqari barcha shaxslar;
10%
To'g'ri javob yo'q;
22%
Moliya vazirligi va banklar assotsatsiyasi hamda tijorat bankidan tashqari barcha shaxslar.
193 voters711 viewsShakhrouz Sobirovich, 17:51
Ochish/sharhlash
2021-01-04 20:34:20 #talabalar_uchun

Rasman: O‘zbekistonda talabalar kontraktlari oshirilmaydi!

2021-yil 1-fevraldan boshlab O‘zbekistonda ish haqi va stipendiyalar miqdorlari 10 foizga oshirilishi belgilandi.

Pandemiya sharoitida respublika aholisining to‘lov qobiliyati pasayganligini hisobga olib, farzandi davlat oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan oilalarga yengillik yaratish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy o‘quv yilidagi amaldagi to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘zgarishsiz saqlab qolinadi.
1.1K viewsShakhrouz Sobirovich, 17:34
Ochish/sharhlash
2020-12-29 09:15:06
Prezident: 2021 - yilni «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» deb e’lon qildi.
1.7K viewsShakhrouz Sobirovich, 06:15
Ochish/sharhlash
2020-12-29 08:10:44 Kanalimiz a'zosidan kelgan #savol:

Ipoteka kreditlari olish jarayonida, #Subsidiya olish huquqiga ega bo'lgan shaxslarga beriladigan imtiyozlar haqida ma'lumot bersangiz. Bu imtiyozni olish uchun kimga murojaat qilish kerak?

Subsidiya olish tartibi:

* Kam ta’minlangan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali subsidiya olish uchun arizani taqdim etadi;

* tuman (shahar)da tashkil etilgan komissiya fuqaro arizasini ijtimoiy mezonlar asosida ko‘rib chiqib, arizachiga subsidiya taqdim etish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;

* Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali tomonidan Komissiyaning qarori asosida ariza beruvchiga subsidiya taqdim etilishi yoki taqdim etilmasligi to‘g‘risida xabarnoma (Komissiya qaroridan ko‘chirma bilan) yuboriladi.

Subsidiya olgan fuqarolarga beriladigan imtiyozlar:

* qishloq joylarda - birinchi 5 yil davomida ipoteka krediti bo‘yicha foiz to‘lovlari bilan bog‘liq harajatlarni qoplash uchun 10 foizlik punktdan oshgan qismiga;

* shaharlarda - dastlabki badalning bir qismini to‘lash bilan bog‘liq harajatlarni qoplash uchun uy-joy hisoblangan qiymatining 10 foizi miqdorida va birinchi 5 yil davomida kredit bo‘yicha foizlarni qoplash uchun Toshkent shahrida 12 foizlik punktdan oshgan qismiga,

* Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida 10 foizlik punktdan oshgan qismiga to‘lanadi.
subsidiya oluvchi tomonidan kredit bo‘yicha oylik to‘lovlarini so‘ndirishda uy-joy qiymati 300 million so‘mdan oshmagan kvartiraning kredit qarzdorligini qoplash uchun bankka yo‘naltiriladigan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar (bir yil davomida 15 mln. so‘mgacha) daromad solig‘iga tortilmaydi.

Bizdan uzoqlashmang, biz sizga yaxshisini ilinamiz. Murojaat va savollar bo'yicha @ShaxruzSobirovich ga yozing. Biz uchun sizning fikringiz muhim.

Bizning manzil: https://t.me/bank_sh_i
1.2K viewsBankir_uz_economist, edited  05:10
Ochish/sharhlash