Get Mystery Box with random crypto!

Mahallabay Bankirlarimizga yuqoridagi termin juda yaxshi tan | Banking.uz

Mahallabay

Bankirlarimizga yuqoridagi termin juda yaxshi tanish. MFY ga qarashli qishloqlarda ishsiz yurgan yoshlarni hamda boquvchisini yo'qotgan, ishlash layoqatiga ega xotin-qizlarni "Yoshlar daftari"ga kiritish hamda ularni bandligini ta'minlash bugungi kundagi ustuvor vazifalardan biri bo'lib turibdi.

Boshida bu bo'yicha mahallalarda ro'yxat shakllantirildi, hozirda "Yoshlar daftari"ga online tarzda daftar.mehnat.uz manzili asosida ro'yxatdan o'tish mumkin. Ammo masalaning asosi shundaki biz yoshlarga o'z-o'zini band qilishi uchun ularga imtiyozli kredit beryapmiz, nima uchun? Ularni qo'llab-quvvatlash uchunmish.

Kredit berib, endi bir faoliyat yoki hunarni egallamoqchi bo'lgan yoshni qarzga botirib qo'yamiz yoki yana o'sha maqsadsiz yo'naltirilgan mablag'larning salmog'ini oshirib qo'yamiz. Eng qizig'i kreditni olish uchun #bir_quchoq_hujjat yig'amiz. Undan ham qizig'i kredit berishni boshlaymiz-u, bir muddat o'tib resurs qolmadi kuting degan so'zlarni eshitamiz.

Biz Yoshlar bandligini ta'minlaymiz deb ularni tupikka tiqib qo'yamiz. Ularni maqsad hamda shijoatini sindiramiz. Qog'ozda, gapda unday imkoniyat, bunday imkoniyat qilamiz deymiz-u, amalda chopa-chopa, ruhiyat tushadi, shijoat o'ladi, maqsadlar sarobga aylanadi. Kreditni olish uchun buncha yugur, subsidiyani olaman deb sarson bo'l va hokazo....

Hozirda berilayotgan 33,000,000 so'mlik imtiyozli kredit hamda subsidiya asosida "O'z-o'zini" band qilish bo'yicha faoliyat turlarini hamda boshqa chorvachilik faoliyatini amalga oshirish hamda undan daromad ko'rish juda murakkab.

Oddiy misol, "O'z-o'zini" band qilish bo'yicha faoliyat turlariga kiritilgan "Foto studiya va dizaynerlik" faoliyatini olsak. Bu uchun eng avvalo, asosan, shahar markazidan joy kerakmi? Oddiy hisoblaganda Foto kameralarning qiymati 2500$-2800$ dollor o'rta hisobda turadi. Unga qo'shimcha kompyuter va boshqa qurilmalar, elektr, ijara haqi, kredit foizi va tani va xullas xulosa qilavering....

Biz yoshlarga berilayotgan imkoniyat hamda uning natijaviyligi bo'yicha kerak bo'lsa har daqiqada tahlil qilishimiz, eng avvalo, o'rgatib kasb-hunarga keyin SUBSIDIYA berishimiz kerak, kredit emas. Pulni boshqarishni o'rgatishimiz kerak, tahlilga o'rgatishimiz kerak, buyrokratiyani yo'qotishimiz kerak.

Bugun balki Yoshlar bandligini ta'minlash uchun ko'p mablag' sarflashimizga to'g'ri kelar, ammo ertaga shu yosh tadbirkor bo'ladi, qo'lida hunari bo'ladi. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga hissasini qo'shadi. Xizmat ko'rsatish salmog'i ortadi, narx barqarorlashadi, iqtisodiyotning qon-tomiri bo'lgan pulning tez aylanishiga o'z hissasini qo'shadi deb o'ylaymiz...!

Xulosa o'zingizdan.....
https://t.me/bank_sh_i