Get Mystery Box with random crypto!

Farzandli bo‘lganda beriladigan 'suyunchi puli'ni navbatlarsiz | Банк янгиликлари

Farzandli bo‘lganda beriladigan "suyunchi puli"ni navbatlarsiz oling!

Ma'lumki, yurtimiz fuqarolari farzandli bo'lganlarida davlat tomonidan "suyunchi puli" (farzand tug'ilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli) beriladi.

Bu pullarni vaqt va transport xarajatlariga pul sarflab, bankda navbatlarda turmasdan ham bir zumda olish mumkin. Buning uchun
"Uzcard" yoki "Humo" tizimi bank kartasi;
bola tug‘ilganligi haqidagi guvohnoma bo‘lsa kifoya!

Qayerdan olinadi?

Suyunchi pulini FHDYo bo‘limining o‘zida, bolaning otasi yoki onasi nomiga ochilgan faol holatdagi bank kartasiga o‘tkazish mumkin.

Agar bank kartangiz bo‘lmasa, Xalq banki orqali joriy yilning 31-dekabrigacha bank kartalarini bepul rasmiylashtirishingiz mumkin.

Ushbu qulaylikni yaqinlaringiz bilan ulashing!