Get Mystery Box with random crypto!

Moody’s Infinbank’ning kredit reytingini B1 darajasiga ko‘tard | bank_kuni

Moody’s Infinbank’ning kredit reytingini B1 darajasiga ko‘tardi

Moody’s Ratings reyting agentligi InfinBank’ning milliy va xorijiy valyutadagi kredit reytingini B2 darajasidan B1 darajasiga ko‘tardi va ushbu pozitsiyalar bo‘yicha prognozni barqarorlashtirdi.

Moody’s bankning barqaror tarixi, moliyaviy ko‘rsatkichlari yaxshi ekanligi – aktivlar va rentabellikning yuqori sifati, shuningdek, barqaror moliyalashtirish profili ham uning B1 darajasiga koʻtarilishiga asos boʻlganligini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, Moody’s kredit reytinglarini belgilovchi hamda tadqiqotlar va risk tahlillarini oʻtkazuvchi xalqaro reyting agentligi hisoblanadi. Tashkilot xalqaro reyting agentliklarining "katta uchligi" qatoriga kiritilgan.