Get Mystery Box with random crypto!

Koreyada ijara uylar Koreyada ijara uy narxlari region va uy | Firdavs Bakhtiyorov | 🇰🇷

Koreyada ijara uylar

Koreyada ijara uy narxlari region va uy sharoitlariga bog'liq. Shunga ko'ra eng qimmat uy va binolar Seulning biznes markazlarida joylashgan.

Koreys uylar asosan qurilishiga kora 3 turga bo'linadi:
1. Shaxsiy xonadon uylar (1-3 qavatli)
2. 3-5 qavatli uylar ("Villa")
3. Ko'p qavatli uylar (10-30 qavatli, "Apati" - Apartment).

Birinchi va uchinchi kategoriya uylar eng qimmat uylar hisoblanib unda asosan ishli va oilali, daromadi yuqori Koreyslar yashashadi.

Villalarda esa asosan studentlar, chet elliklar, qariyalar va daromadi kamroq bo'lgan aholi yashaydi.

Uylar ijaraga olinganda ularga oylik to'lovdan tashqari bir martalik kafolat puli (보증금) to'lanadi va u ijara shartnomasi muddati tugagandan so'ng qaytarib olinadi.

Studentbop villalarning ijara narxlari:
1 xonali: 250-350$;
2 xonali: 320‐600$;
3 xonali: 400-800$;
Kafolat puli(deposit) uy sharoitlariga ko'ra o'rtacha 500-3000$ to'lanadi.

Hujjatlar ijara agentlik ofislari orqali rasmiylashtiriladi.

@bakhtiyorov_firdavs