Get Mystery Box with random crypto!

Iltimos bu xabarni iloji boricha ko'pchilik abituriyentlarga t | Husniddin Ergashev || Blog

Iltimos bu xabarni iloji boricha ko'pchilik abituriyentlarga tarqatinglar

Ayrim shaxslar pul topish yoki boshqa maqsadda o'rningizga hujjatlarni topshirib berishni aytishmoqda.

Bepul desa ham ishonmang. O'zingiz topshiring. Ular hech qanday rasmiy huquqqa ega emas.

Shaxsiy ma'lumotlaringizni ahmoqqa o'xshab tarqatmang. Pasport nusxasi ham hujjat.

Balki niyatlari xolisdir, lekin barbir ehtiyotkor bo'lgan yaxshi. Viloyat hokimingiz bo'ladimi, DTM boshliĝi bo'ladimi, Maktab direktori bo'ladimi
... Kim bo'lishidan qat'iy nazar o'zingiz topshiring.

DTM bekorga sodda video qo'llanmalarni chiqarishmayapti. Shulardan to'g'ri foydalanishingiz uchun albatta.

Maslahatim juda tushunmasangiz yaqinlaringiz orasida kimdir tushunadi. Shular bilan birga o'tirib topshiring.

@Bakhriddinovichblog | Ta'lim blogi