Get Mystery Box with random crypto!

3|4 sınf paytlarim edi bir sinfdoshimni to'yiga ketayotgan edi | Bahtiyorovich | Blog👨‍🎓

3|4 sınf paytlarim edi bir sinfdoshimni to'yiga ketayotgan edik keyin ustozdan "Nima sovg'a oldingiz?" deb so'radik,

"Ularni uydagilari eskicha - ku shuning uchun Kabani rasmi tushurilgan soat oldim" degan edilar ustozim

Osha paytda bu holatga e'tibor bermagandim hozir o'ylab qarasam bu yerda eskicha degan so'z islomiy dindor so'zlariga to'g'ri kelar ekan

Bu yerda ustozimni yomonlamoqchi emasman balki bu holatda asl aybdor kim ekanligini takidlamoqchiman

Asl aybdor bu biz yani jamiyat !

Jamiyat shu islomiy , dindor so'zlarini "eskicha" so'ziga aylantirgani uchun ustozim ham balki shunday degandir

Dar haqiqat oramizda islomiy so'zini eskicha deb qolaydiganlar ko'p

Ammo qiziq islom qachon eskirishga ulgurdi ekan,
shuni bilishimiz kerak islom hech qachon eskirmaydi !

Gaplarimni isboti sifatida Akrom Malik ustozni gaplari yodimga keldi:
- "Zamon bilan hamnafas musulmon bo'lmaydi, Zamon musulmonlar bilan hamnafas bo'ladi" degan edilar.