Get Mystery Box with random crypto!

Bahromov blog

Telegram kanalining logotibi bahromov_blog — Bahromov blog B
Telegram kanalining logotibi bahromov_blog — Bahromov blog
Kanal manzili: @bahromov_blog
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1
Kanalning ta’rifi

Har kim xohlaganicha fikrlaydi)
Shaxsan o'zim:
@Temur_Bahromov

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-08-11 17:09:47 Terminlar

Kundalik muloqotimizda boshqa tillardan kirib kelgan terminlar ishlatilishi odatiy holga aylandi. Ushbu postimizda aynan shunday terminlarning o'zbek tilidagi ma'nosini o'zim tushungan shaklda berib o'taman.

Termin – biror bilim yoki faoliyatga tegishli tushunchani anglatuvchi so'z.

Gender tengligi – erkaklar va ayollarning teng huquqli bo'lishi.

Tolerantlik – boshqalarning fikri, qarashlari, qadriyatlari, yashash tarzi va shu kabilarga nisbatan adolatli munosabatda bo'lish.

Prinsip – hayotdagi shaxsiy yo'nalishing, o'zing uchun belgilab olgan qadriyatlaring.

Motivatsiya – shijoat, harakatga boshlash vositasi.

Monopoliya – yakka hokimlik. Bozorga bir o'zi egalik qilish. UzAvtoga umuman aloqasi yo'q so'z.

Adekvat – haqqoniylik, vaziyatga to'g'ri munosabatda bo'lish.

Spoyler – kino yoki kitobning to'liq mazmuni haqida e'lon qilish.

P.s: Bu so'zlarning ma'nolarini hech qanday manbalardan olganim yo'q. Balkim xatodir. Shunchaki ushbu terminlarning o'zim tushunadigan ma'nosini siz bilan bo'lishdim.

Ushbu yo'nalishdagi postga fikringizni izohlar va reaksiyalar orqali bildiring.

@Bahromov_blog
2.2K views14:09
Ochish/sharhlash
2022-08-08 08:25:27 Majbur emassan

1. Odamlarga yaxshi ko'rinishga majbur emassan. Qanday bo'lsang, shunday bo'l.

2. Doimo "ha" deyishga majbur emassan. Vaqtida "yo'q" deyishni ham bilish kerak.

3. Birov sen uchun rejalab qo'ygan hayotni yashashga majbur emassan. Seni ham mustaqil fikring, orzu va maqsadlaring bor.

4. Hamma qilayotgan ishni sen ham qilishga majbur emassan. Seni qiziqishlaring o'zgachadir, balkim.

5. Postlarga layk bosishga majbur emassan. Shunchaki unga o'z reaksiyangni bildirsang, men undan motiv olaman.

P.s: Yana nimalarga majbur emasmiz?

@Bahromov_blog
2.0K views05:25
Ochish/sharhlash
2022-08-07 10:57:31 Sizlarga ham vaqt kundan-kunga tez o'tayotgandekmi? O'tgan yakshanbaga ham bir hafta bo'libdi mana)
1.8K viewsedited  07:57
Ochish/sharhlash
2022-08-06 21:07:32 Bugun bittasi "Shaxsiy fikrlarimni yozib turadigan blog ochmoqchiman. Sizni postlaringizni joylayman" deydi)
1.7K viewsedited  18:07
Ochish/sharhlash
2022-08-05 06:30:58 To'y – shunchaki sadaqa

1. To'y bu xursandchilikdan yaqinlaringga beradigan sadaqang. Uni dabdabali qilish uchun majbur emassan.

2. O'zbekchilikda deysan. Orzu-havas deysan. Hayotda bir marotaba bo'ladi deysan. Lekin bu dabdaba seni keyingi hayotingga bir tiyinlik foydasi yo'qligini ham bilasan.

3. Odamlar nima deydi? Ularga qo'lingdagi bitta barmog'ingni ko'rsatasan. Bosh ( ) barmog'ingni aytyapman). To'yni me'yorida qilasanmi, dabdaba bilan qilasanmi, umuman qilmaysanmi, ular baribir gapirishadi.

4. Odatiy o'rtacha to'ylarga 400-500 odam chaqiriladi. Tog'angni ammasini qo'shnisiga nima bor seni to'yingda.

5. Eng qimmat kelin ko'ylak yoki kostyum-shim kiysang ham, 10 ta Mersli kortejda aylansang ham, eng katta to'yxonada to'y qilsang ham sen o'sha-o'shasan.

6. To'yni me'yorida yoki qisqartirib qilsang, hech kim sendan xafa bo'lmaydi. Yig'ib qo'yilgan puldan ortib qolsa, yangi kelin-kuyov dam olishga ketasiz yoki to'y yumushlari bilan charchagan ota-onangni sihatgohga yuborasan. Eng kamida pul ortib qolmagan taqdirda ham keyingi hayotingni qarz to'lash bilan o'tkazmaysan.

7. Menimcha hozirgi yoshlar, tengdoshlar bir xil fikrlayapmiz. Ko'pchilik holatda buni kattalarimiz tushunishmaydi. Lekin yaxshilab tushuntira olsak, bo'lmag'ur qadriyatlarni aynan biz o'zgartira olamiz.

@Bahromov_blog
1.9K views03:30
Ochish/sharhlash
2022-08-04 08:35:42 Yaqin orada O'zbekistonda bitta ham bemor odam qolmasa kerak. Chunki bizda "Al-hadaya", "Laminalife" kabi "ming dardga davo" dorilar mavjud)
1.6K views05:35
Ochish/sharhlash
2022-08-02 18:49:24 Sog'likni o'yla

1. Hayotda eng muhim narsalardan biri sog'lik. Uni asrash o'z qo'lingda.

2. Hozir ko'pchilik har xil fast-food, gazli va energetik ichimliklarga ruju qo'ygan. Zararini ko'p eshitsak ham, to'xtatish qiyin. Oz-ozdan kamaytirib borishni maslahat beraman.

3. Yozning kunida sovuq suv ichish ham joningga rohat bag'ishlagandek bo'ladi. Lekin suv qanchalik muzday bo'lsa, sog'lik ham shuncha zararlanadi. Normal salqin suvni ichsang ham qonadi o'sha chanqog'ing.

4. Yana yuvinib turib, konditsioner tagida yotib qolish ham odatiy holga aylangan. Ishonaver organizm shamollashi har bir joyingda kasallik keltirib chiqararkan.

5. Telefonda qiladigan muhim ishing bo'lmasa, bekordan titkilashni kamaytirganing ma'qul. Birinchidan ko'zning nurini kamaytiradi, ikkinchidan miya faoliyatiga zo'riqish olib keladi.

5. Kasal bo'lganingda joning og'rigani, sog'ligingni yo'qotganing bir taraf, moddiy taraflama ham ancha qiynalib qolasan. Dori-darmon, shifokor ko'rigi narxlarini o'zing bilarsan.

6. Bilaman, bu gaplarni ota-onang, yaqinlaring doimo eslatib turishadi. Sen esa hech nima bo'lmaydi deb, bee'tibor yuraverasan. Lekin bir kuni albatta salbiy ta'sirini ko'rsatmasdan qolmas ekan.

7. Shunday ekan, o'zinga ehtiyot bo'l. Behudaga sog'lik ham pul ham ketmasin. Yaqinlaringga hali ko'p kerak bo'lasan!

@Bahromov_blog
1.4K viewsedited  15:49
Ochish/sharhlash
2022-08-01 18:35:28 Har bir postga negativ izoh yozib, negativ reaksiya bildirib o'tiradiganlarga qanday tashxis qo'ysa bo'ladi?)
1.2K views15:35
Ochish/sharhlash
2022-07-30 08:15:15 Qoyil senga

1. Bir vaqtni o'zida bir nechta qizni/yigitni qulog'iga lag'mon osasan. Qoyil senga.

2. Kuni bo'yi o'zinga o'xshaganlar bilan ko'chada sang'ib yurasan. Qoyil senga.

3. Telefondagi bekorchi narsalardan boshingni ko'tarmaysan. Qoyil senga.

4. Kattalar gapirishsa, yoqmaydi. Qoyil senga.

5. Hech nimadan qo'rqmaysan. Qoyil senga.

P.s: Sizda ham "qoyillar" bo'lsa, yo'llashingiz mumkin)

@Bahromov_blog
1.4K views05:15
Ochish/sharhlash
2022-07-29 08:05:25 Bugun bozorga borgandim. Tarvuzni narxini so'rab, sal tushib bering desam:
– "Dunyo seni tog'angmas", deydi sotuvchiyam)

@Bahromov_blog
1.4K views05:05
Ochish/sharhlash