Get Mystery Box with random crypto!

Xohlaysan-a? 1. O'qishga kirishni xohlaysan. Lekin tayyorlanm | Bahromov blog

Xohlaysan-a?

1. O'qishga kirishni xohlaysan. Lekin tayyorlanmaysan, ilm olmaysan. Axir omad sen uchun turib berishi kerak.

2. Ko'proq soqqa qilishni xohlaysan. Lekin ko'proq mehnat qilish hayolinga kelmaydi. Hech nima qilmasang ham pul oqib kelaversa, mazzada.

3. Boshqalardan hurmat xohlaysan. O'zing yaxshilik qilib, hurmat ko'rsatishga kelganda hech qayerda yo'qsan.

4. Pok, yaxshi juft xohlaysan. Qilib yurgan ishlaringa esa kim munosibligi haqida o'ylamaysan ham.

5. Doim yaqinlaringdan yordam kelishini xohlaysan. Lekin bu narsalar senga kerakligi, o'zing uchun o'zing harakat qilishing kerakligini bilsangda, o'zgarmaysan.

P.s: Davom ettirishingiz mumkin...

@Bahromov_blog