Get Mystery Box with random crypto!

#Harvard - Hozir uxlasang, albatta, orzularingni tushingda ko | QAHVAX☕NA🖤

#Harvard

- Hozir uxlasang, albatta, orzularingni tushingda koʻrasan. Agar uyquning oʻrniga oʻqishni tanlasang, orzularingni hayotda koʻrasan.
- Qachonki sen hammasiga juda kech boʻldi, deb oʻylasang, aslida hali erta boʻladi.
- Oʻqish azobi — vaqtinchalik. Bilmaslik azobi — abadiy.
- Oʻqish — bu vaqt sarflash emas. Oʻqish — harakat qilish.
- Hayot faqat oʻqishdan iborat emas. Hayotning mana shu qismini ham bosib oʻta olmasang, nimaga ham qodir boʻla olarding?
- Qiyinchilik va tinimsiz harakatdan rohatlan.
- Kimki hammasini erta qilsa, oʻzining muvaffaqiyatidan haqqoniy rohatlana oladi.
- Hammasiga ulgurish imkoniyati barchaga berilmagan, lekin muvaffaqiyat oʻz ustida ishlovchi va muammolarni tezda hal qiladiganlarga keladi.
- Vaqt uchadi. Hozirgi soʻlaging ertaga koʻz yoshi boʻladi.
- Agar sen bugun piyoda yurishni xohlamasang, ertaga yugurishga majbur boʻlasan.
- Kelajagi uchun nimadir qiladigan odam realistdir.
- Sening topadigan puling – olgan biliming darajasiga proporsional.
- Bugun hech qachon qaytib kelmaydi.
- Hozir hattoki dushmanlaring ochlarcha kitoblarni varaqlamoqda.
- Qiyinchiliklarsiz maqsadga yetib boʻlmaydi.