Get Mystery Box with random crypto!

Matematika va rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifika | Bilimni baholash agentligi

Matematika va rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi

2024-yil 28-aprel kuni matematika va rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi.

Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda jami 9,6 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 15 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

Imtihon natijalari yigirma bir ish kuni ichida xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanib, e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube