Fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi
2024-yil
7-aprel kuni
fizika va
tarix fanlaridan
milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi.
Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun
Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
viloyatlar va
Toshkent shahrida tashkil etildi.
Unda jami
6,8 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va
9 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.
Imtihon natijalari
yigirma bir ish kuni ichida xalqaro metodika —
Rash modeli asosida hisoblanib, e’lon qilinadi.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube