Get Mystery Box with random crypto!

Abu Umar aytadi: «Bizga Abu Dovud Silistoniydan quyidagilar ri | Badiiy iqtibos

Abu Umar aytadi: «Bizga Abu Dovud Silistoniydan quyidagilar rivoyat qilingan:
«Har bir fanda sunnatlarning asli to'rtta hadisdadir:
1. Umar ibn Xattobning "Amallar niyatlarga bog'liqdir", degan hadisi.
2. No’mon ibn Bashirning "Halol ochiq-oydindir", degan hadisi.
3. Abu Hurayraning "Kishi Islomining husni", degan hadisi.
3. Sahl ibn Sa’dning "Dunyodan zuhd qil, shunda Alloh seni yaxshi koradi. Odamlarning qolidagi narsadan zuhd qil, shunda ular seni yaxshi ko`radi", degan hadisidir».


Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Zuhd va hayo |
@badiiyiqtibos