Get Mystery Box with random crypto!

#qisqa_fikrlar Ilm olishda, kasb qilishda, qaror qilishda... | Babakhanovs

#qisqa_fikrlar

Ilm olishda, kasb qilishda, qaror qilishda...

Har bir amalda barqarorlik muhim. Bir ishni to'xtatmoqchi bo'lsangiz, doim bahona topiladi. Lekin shuning oqibatida boshqa ishda ham shunaqa beqarorlik qilishingiz mumkinligini o'ylab, o'zingizga ishonchingiz susayadi.

Motivatsiya – bu boshlang'ich turtki. Istamasangiz ham, maqsad sari ishtiyoq ma'lum bir nuqtada xira tortadi, endi maqsad sari sizni barqarorlik hissi olib boradi. Ammo buni ba'zilar tushunmay yarim yo'ldayoq to'xtab, navbatdagi motivatsiyani kutib qoladilar. Yoki o'zga maqsad etagini tutadilar, avvalgi holat yana takrorlanadi. Shuning uchun ham maqsad sari yo'lga chiqqanlar 1000 ta bo'lishiga qaramay, manzilga 10 kishi yetib keladi.


Amallarda aziymat zarur. Videoni, albatta, ko'ring:




@Babakhanovs