Get Mystery Box with random crypto!

Oʻzbekistonning ikkita asosiy dovonida kuchli qor yogʻishi, yo | Bloknot.uz

Oʻzbekistonning ikkita asosiy dovonida kuchli qor yogʻishi, yoʻllar yaxmalak boʻlishi prognoz qilinmoqda

9-11-yanvar kunlari A-373 “Toshkent — Oʻsh” avtoyoʻlining “Qamchiq” dovoni xududida qor yogʻishi, vaqti-vaqti bilan kuchli yogʻingarchilik, tuman tushishi kutilmoqda.

Dovonda koʻrinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi 1 -20 m/s gacha kuchayishi, avtoyoʻlda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.

M-39 “Toshkent-Shahrisabz-Termiz” avtomobil yoʻlining Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bogʻlovchi “Taxtaqoracha” (Kitob) dovonidan oʻtgan qismida ham qor yogʻadi.

Vaqti-vaqti bilan kuchli yogʻingarchilik, tuman kuzatilishi, koʻrinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi 17−22 m/s gacha kuchayishi, avtoyoʻlda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi kutilmoqda.

Kanalga aʼzo boʻlish:
@b_official_uz