Get Mystery Box with random crypto!

‍⚕ Shifokorlar taʼsiri yoʻq dorilar roʻyxatini eʼlon qildilar. | Bloknot.uz

‍⚕ Shifokorlar taʼsiri yoʻq dorilar roʻyxatini eʼlon qildilar.

ARBIDOL
Bu koʻplab turli kasalliklarni, shu jumladan grippni davolash uchun immunomodulyator taʼsirga ega boʻlgan antiviral preparat, ammo uning samaradorligi hali isbotlanmagan.

ESSENSIALE
Jigarni himoya qiluvchi ushbu mashhur dori, boshqa barcha “gepatoprotektorlar“ kabi, jigarni hech qanday tarzda himoya qilmaydi. Ilmiy tadqiqotlar Essensiale ni qabul qilishda ijobiy taʼsir koʻrsatmadi, ammo ular yana bir narsani topdilar: oʻtkir va surunkali virusli gepatitda u safro turgʻunligini va yalligʻlanish faolligini oshirishi mumkin.

MEZIM FORTE
Tadqiqotlarga koʻra, mezim faqat hazmsizlik uchun samarali boʻlishi mumkin. Qandli diabet, pankreatit, disk churrasi va ovqat hazm qilish traktining haqiqiy kasalliklarini mezim forte davolamaydi.

PIRATSETAM
Boshqa barcha nootrop dorilar singari, u asosan MDHda maʼlum. Piratsetamning samaradorligi isbotlanmagan. Koʻpgina rivojlangan mamlakatlarda roʻyxatdan oʻtmagan.

VALIDOL
Taʼsiri isbotlanmagan eskirgan dori. Yurak bilan bogʻliq muammolarda u xech qanday foyda bermaydi!

NOVO-PASSIT
Koʻpincha yoʻtal preparatlari tarkibiga kiradi, lekin hech qanday tarzda Novo Passitga tegishli sedativ taʼsirni taʼminlay olmaydi.

GLITSIN
Glitsin umuman dori emas, balki oddiy aminokislotadir. Aslida, bu tanaga hech qanday zarar yoki foyda keltirmaydigan yana bir bioaktiv qoʻshimcha. Glitsinning klinik samaradorligi nafaqat isbotlanmagan, balki hatto tekshirilmagan xam.

SINEPAR
Tarkibidagi moddalar yaroqsiz va ijobiy taʼsir koʻrsatishga ega emasligi isbotlandi.

TRAVAMAKS
Tarkibidagi moddalar yaroqsiz va ijobiy taʼsir koʻrsatishga ega emasligi isbotlandi.

NOL GRIPP
Tarkibidagi moddalar yaroqsiz va ijobiy taʼsir koʻrsatishga ega emasligi isbotlandi.

DOK 1 MAKS
Tarkibidagi moddalar buyrak faoliyatini buzadi va buyraklarni ishdan chiqaradi. Aynan shu dori tufayli yurtimizda 30ga yaqin bolalar vafot etdi.

Va yana 10dan oshiq dorilar qora roʻyxatga kiritildi.

Manba.

Kanalga aʼzo boʻlish:
@b_official_uz