Get Mystery Box with random crypto!

Farzandlarning ota oldidagi odob va vazivalari 1. Ota xonadon | Bloknot.uz

Farzandlarning ota oldidagi odob va vazivalari

1. Ota xonadonga tashrif buyurganda oʻrindan turib, joy boʻshatish lozim.

2. Ota bilan ketayotganda uning iznisiz undan oldin yurmaslik kerak.

3. Ota farzand uchun biron narsa meros qoldirmasa ham, undan nomus qilinmaydi.

4. Ota bor uyda oʻylanishga va maslahat solishga muhtoj boʻlinmaydi.

5. Ota yonida yoki u kirib kelganda yonboshlab yotilmaydi.

6. Ota uyda yoʻq boʻlib qolingan oʻrinda isteʼmol qilingan narsalardan alohida uning uchun olib qoʻyilishi fazilatdir.

7. Mansabli shaxs boʻlsang ham otang chaqirganda otingdan tushib, oldida hozir boʻlishga shoshil! Sen ish ustida mansablisan, otang ustida emas!

8. Otangning yonidagi solih kishilarga nisbatan samimiy boʻlgin, agar otang vafot topib ketsa oʻshalar bilan muomala-munosabatlaringni uzma!


Farzandlarning ona oldidagi odob va vazifalari

1. Hadyani avval onaga, soʻng otaga berilishi mahbubdir.

2. Hayot boʻlsalar ham, vafot topib ketgan boʻlsalar ham ularning haqlariga doimo duoda boʻlmoq zarur.

3. Onalarning yuzlariga tushgan ajinlar, qoʻllarining qadoqlari – sen va aka-ukalaring, opa-singillaring sababli ekanligini bilgin!

4. Senga bergan oq suti lutfu – xursandlik bilandir, ammo sening unga bergan taoming baʼzida minnatli va ozorlidir. Shuning uchun bergan har-bir luqmang lutfli boʻlishi uchun kamtarin boʻl, kamtarin boʻl!

5. Unga sen har kuni koʻrinish ber, chunki uning seni koʻrishi sening unga minglagan xum tillolar tuhfa qilganingdan ortiqroqdir.

6. Tirikligida bor imkoniyating ila unga tavozeʼli va shirin soʻzli boʻl, qachonki agar uni yoʻqotsang armondan xoli boʻlasan.

7. Hayit kunlari bagʻringa bosib, uni quchgin! U seni har kuni quchib, hidlaringdan toʻyib-toʻyib zavq olganini esingdan chiqarmagin!

Tafakkur qil!

Kanalga aʼzo boʻlish:
@b_official_uz