Get Mystery Box with random crypto!

#tabrik Qurbon Hayiti tabrigi Islom ummatiga O'z huzuridagi | Azon TV

#tabrik

Qurbon Hayiti tabrigi

Islom ummatiga O'z huzuridagi eng ulug' kunlarni bayram qilib bergan Robbimiz Alloh taologa hamd-u sanolar bo'lsin!
Ushbu muborak kunlarni qanday o'tkazishlik ta'limini bergan Rasulimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga durud-u salavotlarimiz yog'ilsin!

Assalomu alaykum aziz din qardoshlar! Avvalo, barchamizga kirib kelgan Qurbon Hayiti muborak bo'lsin! Alloh taolo ushbu qutlug' ayyomni barcha mo'min-musulmonlar, xususun, yurtimiz uchun ham xayrli va barakotli qilsin!

O'zining fazli ila ushbu bayram qalblarga xotirjamlik, baxt-saodat olib kelib, xonadonlarimiz fayz-u barokatlarga to'lsin.

Uzoq yillar mobaynida ushbu ayyomlarni yaqinlar davrasida, sog'lik-omonlikda, ko'tarinki kayfiyat va iymon salomatligida nishonlash nasibi muyassar aylasin.

Umid bilan qo'llarini duoga ochgan har bir mo'min-u mo'minalarning duolari ijobat bo'lishini so'raymiz.
Yana bir bor Qurbon Hayiti bilan yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etamiz!

Hurmat bilan, Moida by Azon jamoasi!