Get Mystery Box with random crypto!

Yolg'onni gapirib-gapirib Alloh kechiradi deyishdan ko'ra, kim | AZON TV

Yolg'onni gapirib-gapirib Alloh kechiradi deyishdan ko'ra, kimdur Seni yomon ko'rsa ham haqiqatni gapir. Alloh rost so'zlaguvchilarni yaxshi ko'radi.

Birovni haqqini yema! Bugun qorning to'yib cho'ntagingdagi pullaring ko'payar, lekin O'limga yuzlashganingda senda Allohdan kechirim so'rashga imkon qolmaydi. Yozni issig'idan emas Jahannamdagi olov taftidan suyaklaring ham yonadi.

Birovga ozor berma! Ey odam seni Alloh yaratdi. Alloh oldida hamma bandasi tengdir. Sen nega kibr qilasan ahmoq, sen nega birovni ranjitasan. Yaqinlaringni, do'stlaringni aldashing mumkin. Allohni aldolmaysan. Bir kun U bilan yuzlanasan, shuni o'yla va bu ishlaringa qanday javob berish haqida o'yla!

Sen Haq emassan! Shuni yodingdan chiqarma: Bu dunyoda yashayotganinga qanchalik ko'proq quvonishni davom etsang, shunchaki qalbing qorayadi. Nafsni gapiga kirma, sen Haq emas Haqni rozi qilgan va qiladigan Haqdur.

Kim bo'lsang ham eshit: Vaqt bu senga dushman yoki do'st bo'lishi mumkin. Dunyo ortidan quvma! Kimlar quvdi nimaga erishdi? Xech narsa! Sen o'limni esla va har bir harakating bu keyingi boqiy hayoting uchun bo'lsin.

@Abdulloh_Yoldoshev