Get Mystery Box with random crypto!

#tez_kunda Bir kecha uxlayotganimda nimadir boʻgʻayotganini | Azon kitoblari

#tez_kunda

Bir kecha uxlayotganimda nimadir boʻgʻayotganini his qildim. Koʻzlarimni ochganimda hech narsa yoʻq edi, lekin men nafas ololmay tipirchilardim.
Hushim oʻzimda edi.

“Boʻldi, hammasi tamom, bu safar qutulolmayman. Peter va oʻgʻlim tong otganida jasadimni koʻrishadi”, deb oʻyladim lahzalar ichida.

Birdan Allohdan yordam soʻrash xayolimga keldi. U Zotga yolvordim.
Bir onda nafas olishim yengillashdi. Oʻrnimdan turib, oʻtirib oldim.

Hamma joyim terdan jiqqa hoʻl edi. Bu dahshatli voqeaning sababini topishga urindim, lekin his qilgan qoʻrquv oʻylarimni ostin-ustin qilib yuborgan, fikrlarimni bir joyga jamlolmasdim.

Xuddi menga bir ifloslik yopishib olganday faqat poklanish haqida oʻylardim. Lekin bu ma’naviy kirlar edi..

“Qaytish” kitobidan

@Azonnashriyot