Get Mystery Box with random crypto!

#tez_kunda Dir-dir titrardim. Agar shu holda o‘lsam, malakla | Azon kitoblari

#tez_kunda

Dir-dir titrardim. Agar shu holda o‘lsam, malaklar ham hurkib ketishsa kerak.

Hayotning telba-teskari yo‘llaridan yurar ekanman, yonimda bir qancha odamlar bor edi. Ba’zan o‘zimni shunchalar kuchli his qilardimki, butun dunyo menga tirgakdek tuyulardi.

Hozir esa yolg‘iz va bechora, dunyo ham, odamlar ham tark etgan holatda edim.

Har o‘tgan kun boshi berk, g‘alvali olamga aylanib borardi.

Ichimdan bir ovoz qayta-qayta: “Tezda tavba qil, fursatni boy berma”, derdi. Bu ovozga quloq solishim shart edi.

O‘sha zahoti tahorat olib, ikki ra’kat namoz o‘qidim. Tavba qilib, Robbimga sig‘indim.

Lekin baribir qo‘rquvim ketmagandi. Xuddi jon oluvchi farishta ortimga turgandek edi..

“Qaytish” kitobidan

@Azonnashriyot