Get Mystery Box with random crypto!

#tez_kunda “Ismim Robiya edi. Bu - tug‘ilganimda qo‘yilgan i | Azon kitoblari

#tez_kunda

“Ismim Robiya edi. Bu - tug‘ilganimda qo‘yilgan ism. Lekin o‘n uch yoshimdan boshlab nomlarim ko‘payib ketdi.
Kichkina shayton, zararkunanda hasharot, boshga bitgan balo..

Tavba, men hasharot bo‘lishim mumkinmi?
Aslo!

Boshqalardek odamman men ham. Tuyg‘ularim o‘zgalarnikidan farqliroqdir, lekin hasharotdek ziyonkor yoki shaytondek yomon emasdim.

Boshimni yostiqqa xotirjam qo‘ygan biror kechani eslolmayman. Kaltak yemagan kunlarim ham ichimdagi qo‘rquv meni tinch qo‘ymasdi.

Ota-onam tortishib qolishsa ham, meni deb urushishyapti, deb cho‘chirdim..”

Azon kitoblari nashriyoti aprel oyida kitobsevarlar uchun yana bir yangi kitobni taqdim etish arafasida!

Tez kunda “Qaytish” romani nashriyotimiz tomonidan nashr etiladi!

Sizlar uchun ketma-ket yangiliklar qilishda davom etamiz, InshaAlloh!

@Azonnashriyot